Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har sohaning o‘z ustozi, o‘z ustasi bor (+video)
09:11 / 2023-09-30

Halqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” degan maqol bor. Bu maqol qadim qadriyatlarimiz ta’sirida yaralgan. Ustozlik maqomiga erishmoq, jamiyat uchun foydali avlodni kamolga yetkazmoq aynan shu ustozlar zimmmasidagi buyuk vazifa. E’tiborlisi shuki, dunyodagi kam sonli davlatlardagina o‘qituvchi va murabbiylar kuni davlat miqyosida nishonlanadi.

Bizning mamlakatimizda ham har yili 1 oktyabr sanasi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” sifatida keng nishonlanib kelinadi. Bularning barchasi ziyokor ustozlarga bo‘lgan yuksak e’tibor, mashaqqatli mehnatlarining chin ma’nodagi e’tirofidir.

Hozir sizga hikoya qilmoqchi bo‘lgan qahramonimiz ham ilm etagini mahkam tutgan zabardast olim, bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Samixon Ashirboyev nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki turkologiya rivoji uchun ham munosib hissa qo‘shgan inson, o‘zbek shevashunosligi bo‘yicha yetuk mutaxassis, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tili ta’limi jonkuyaridir.

- O‘qituvchilik ham sharafli, ham mashaqqatli kasblardan biri, -deydi ustoz Samixon Ashirboyev. –Bugun o‘qituvchilar nufuzini oshirishga qaratilgan ishlarni juda katta mamnuniyat bilan qarshi olmoqdamiz. E’tiborga yarasha ishlash, yetuk kadrlarni tayyorlash yo‘lida astoydil mehnat qilamiz. Fursatdan foydalanib, barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan qutlab qolaman.

Ushbu ko‘rsatuvni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YdRE15M3Azw" title="Har sohaning o‘z ustozi, o‘z ustasi bor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘tkir Mirzo, Doniyor Yoqub (video), O‘zA