English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har sohada xotin-qizlarning o‘rni bor
12:32 / 2025-04-26

Buxoroda davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollarning rolini oshirish va ishbilarmon ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Botir Zaripov yurtimizda, jumladan, viloyatda gender tenglik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.

Bugun viloyatda har jabhada ilg‘or, tashabbuskor va ibratli xotin-qizlar soni tobora oshib bormoqda. Xususan, Oliy Majlis Senatida 1 nafar, Qonunchilik palatasida 1 nafar, mahalliy Kengashlarda esa 103 nafar buxorolik ayollar faoliyat yuritmoqda. Viloyatda 2395 nafardan ziyod xotin-qizlar turli rahbarlik lavozimlarida ishlab kelmoqda.  

So‘nggi 7 yil ichida viloyatda ishbilarmon ayollar safi ham kengayib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotin-qizlar soni 25 ming nafardan oshdi. Birgina o‘tgan 2024 yilning o‘zida yurtimizda turli bayram sanalari munosabati bilan 20 nafar xotin-qizlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, viloyat, barcha shahar va tumanlardagi jamoatchilikka, avvalo, yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan, obro‘-e’tiborli ayollarni o‘z safida birlashtirgan “Oqila ayollar” harakati bugun tom ma’noda jamiyatimiz ovoziga, mahalla vijdoniga aylandi.  

Tadbir davomida o‘zining yetakchilik salohiyatiga ega, turli lavozimlar mehnat qilayotgan xotin-qizlar faoliyatini o‘zida aks ettirgan videorolik namoyish etildi.  

Shuningdek, seminarda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.