Kadactr agentligi hamda Davlat kadactrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining Baxmal tuman bo‘limiga markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.
Dastavval Davlat kadactrlar palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan press-tur ishtirokchilariga O‘zbekicton Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchactkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi mamlakatimizning amaldagi qonunining ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, 2024 yil 15 noyabrdagi “O‘zbekicton Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchactkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati yuzasidan ham batafsil tushunchalar berib o‘tildi.
[gallery-21051]
Shu o‘rinda, keyingi yillarda yerga oid huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish zaruriyati yuzaga kelayotgani ham alohida ta’kidlab o‘tildi.
Press-tur ishtirokchilari tadbir davomida Baxmal tumani markazi – O‘smat shaharchasida o‘tkazilgan xonadonlar yer maydonlari o‘lchovlarining ham guvohi bo‘ldilar.
Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yer uchactkalaridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va imoratlar qurish holatlarining kamayishiga, yer to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi bilan bog‘liq qilmishlarni sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan ta’sir choralarining mutanosibligi va yetarlilik prinsiplarini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz ekanligi alohida ta’kidlandi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari