Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har qanday tajovuz jazolanadi
10:09 / 2022-10-20

Sud yoki boshqa vakolatli organlarning qonuniy kuchga kirgan hujjatlari davlat ijrochisining ijro harakatlarini boshlash va ijro protsessiga kirishish uchun qonuniy asos hisoblanadi.

Majburiy ijro harakatlari boshlanishiga mazkur nizoli masala sud yoki boshqa organlarda bir necha bor muhokama qilinib, taraflarning holatga doir fikrlari asosida qonuniy to‘xtamga kelingan. Shunday bo‘lsada, amaliyotda sud yoki boshqa organlarning ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash jarayoniga asossiz to‘sqinlik qilish va Byuro xodimlariga nisbatan kuch ishlatish holatlari uchrab turibdi.  

Achinarlisi, ijro harakatlarini o‘tkazishga to‘sqinlik qilib, Byuro xodimlariga kuch ishlatgan shaxslarning ijro harakatlariga umuman aloqasi yo‘q. Buxoroda Majburiy ijro byurosi xodimiga tajovuz qilish bilan bog‘liq bir nechta holatlar kuzatildi.

Afsuski keyingi paytlarda sud qarorlari ijrosini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan MIB xodimlarining turli qarshiliklar va tajovuzlarga uchrayotgani haqida tez-tez eshitmoqdamiz.  

Misol uchun, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Sh.S dan undiruvchi  foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan bo‘lsada, qarzdor ota aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgan.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 23 avgust kuni qarzdorning yashash manziliga borgan davlat ijrochisiga qarzdorning ukasi to‘satdan tashlanib, bosh qismiga qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, fuqaro ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.  

Boshqa bir holatda esa qarzdor ota sobiq turmush o‘rtoqlari foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, voyaga yetmagan farzandlariga aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgan va Byuro organlaridan yashiringanligi sababli, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Joriy yilning 10 oktyabr kuni qidiruvdagi qarzdor yashash manziliga borgan MIB xodimlariga kutilmaganda qarzdorning akasi oshxona pichog‘i bilan tashlanib ularga tan jarohati yetkazishga uringan.  

Byuro xodimlarining qonuniy xatti-harakatlari tufayli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan fojiani oldi olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, fuqaro ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

 

Zarif Komilov, O‘zA