French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har qanday sud jarayoni quvonch yoki afsusga sabab bo‘ladi
19:36 / 2025-06-05

Tayinlanayotgan jazodan qat’iy nazar, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishning o‘zi ham og‘riqlidir. Bugungi islohotlar hamda qonunchiligimizdagi bag‘rikenglik tamoyillari bir qancha imkoniyatlarni yaratmoqda. Bu uchun shaxs o‘zini tuzatishi va xatolaridan xulosa chiqarishi lozim. Probatsiya xizmati ham jazo muddatidagi mahkumlarga bu borada yaqindan ko‘maklashish vazifasini o‘z zimmasiga olgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kasbi tumani sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sud majlisida, hozirda nazoratda turib jazo o‘tab kelayotgan bir guruh mahkumlarni muddatidan avval ozod qilish bo‘yicha kiritilgan taqdimnomalar muhokama qilindi. Sud jarayonida mahkumlarning jazoga nisbatan munosabatiga alohida e’tibor qaratildi.

Sud axloq tuzatish bilan bog‘liq jazo tayinlar ekan, bu mahkum zimmasiga bir qator mas’uliyatlarni yuklaydi. Garchi mazkur jazo nisbatan yengilroq turga kirsa-da, uni o‘tamaslik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Sudda ko‘rilgan ishlar shuni tasdiqladi. Shu kunning o‘zida to‘rt nafar mahkum shartli ravishda ozod qilindi, bir nafar mahkum esa jazosi og‘irroq jazoga almashtirildi.

Qonunchilikdagi yangiliklarga ko‘ra, jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxs o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasa, sud uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiradigan organning taqdimnomasiga asosan shartli ozod qilishni bekor qilish va o‘talmagan jazo muddatini o‘tashi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Sudda bu borada ham huquqiy tushuntirishlar berildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri