Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har qanday notoʻgʻri gapga, yolgʻon axborotga javob berish kerak
11:52 / 2019-10-26

Fargʻona viloyatiga tashkil etilgan media-tur doirasida “Fargʻona press klub“ ning navbatdagi anjumani boʻlib oʻtdi.


Fargʻona viloyatiga tashkil etilgan media-tur doirasida “Fargʻona press klub“ ning navbatdagi anjumani boʻlib oʻtdi. Unda ona tilimizning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini yanada oshirish, matbuot va soʻz erkinligi masalalari muhokama etildi. Ommaviy axborot vositalari oldida turgan bugungi kundagi muhim vazifalarga eʼtibor qaratildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi S. Hakimov, “Jahon adabiyoti“ jurnali bosh muharriri A.Meliboyev, filologiya fanlari doktori, professor N.Rahmonov va boshqalar ishtirok etdi.

– Oʻzbek tili xalqimizning buyuk qadriyati boʻlib, barchamizga gʻurur bagʻishlaydi, – deydi filologiya fanlari doktori, professor N.Rahmonov. – Ammo biz bu bilan loqaydlikka yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Tilimizning himoyasi va mavqeyi uchun barchamiz masʼuliyat bilan yondashmasak taraqqiyotga erisholmaymiz.

Anjumanda oʻzbek tilini davlat tili sifatida maqomini oshirish borasidagi muammolarga toʻxtalib oʻtildi. Ona tilini shakllanishda adabiyot va matbuotning oʻrni muhim ekanligi taʼkidlandi.

Bugun jurnalistlarimiz ham xolis va hozirjavob boʻlib, voqelikka munosabat bildirmas ekan, axborot makonida yolgʻon xabarlarning tarqalishiga imkoniyat yaratadi. Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosatini, soʻz erkinligini hech qachon suisteʼmol qilmaslik lozim. Anjumanda ana shunday fikrlar bildirilib, matbuot chinakam jamiyatning koʻzgusi boʻlishligi xususida soʻz yuritildi.