Ma’lumki, mamlakatimizda konstitutsiyaviy qonun bo‘yicha xalq saylovi — referendum joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha umumxalq referendumi arafasida turli soha vakillari mamlakatimiz aholisini konstitutsiyaviy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda.
—Har qanday muvafaqqiyat kaliti bu sifatli ta’limdir, — deydi Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov. — Bugun mamlakatimizda istiqomat qilayotgan yoshlarga oliy ta’lim olishlari uchun juda katta imkoniyatlar yaratib berilgan. Birgina misol, besh yil oldin universitetlar soni 60 tadan ko‘proq bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 210 tadan oshdi.
Nodavlat va xususiy universitetlar tashkil etila boshlandi va ularga Prezident hamda davlat grantlari ajratildi. Eng muhimi professor o‘qituvchilarning maqomi qayta tiklandi. Ular hozirgi kunda paxtaga va qo‘shimcha ishlarga jalb etilmayapti. Bu kabi o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatda yaqqol sezila boshladi.
Men bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq emasman!
Muhayyo Toshqorayeva yozib oldi.
O‘zA