Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har kim uy-joyli bo‘lish huquqi Konstitutsiyaviy mustahkamlandi (+video)
16:46 / 2023-08-10

O‘tgan bir necha yil davomida “uy-joyni buzish”, “snos” degan gapni eshitmagan vatandoshimiz qolmagan bo‘lsa kerak. Ayrim vatandoshlarimiz uchun bu so‘zlar “adolatsizlik” so‘zining sinonimiga aylangan. Ushbu masala jiddiy bo‘lgani sababli, prezidentning 2023 yildagi inauguratsiya ma’ruzasida ham alohida ko‘tarilib, shaxsiy mulkka bo‘lgan huquq uchun sud himoyasini ko‘chaytirish zarurligi ta’kidlangandi.

Ushbu salbiy holatlarni oldini olish maqsadida uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlash haqidagi normalar kiritildi. Shuningdek, mamlakatimizda aholini uy-joy bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash davlatning muhim vazifasiga aylanmoqda.

Yangi Konstitutsiyada Uy-joy kodeksi bilan bog‘liq: Shaharsozlik kodeksi va Fuqarolik kodekslaridagi normalar haqida batafsil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ma’lumot beradi.  

Batafsil:

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1UOlZFJFs3w" title="Har kim uy-joyli bo‘lish huquqi Konstitutsiyaviy mustahkamlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA