Davlatimiz rahbarining: “Hammangiz yaxshi tushunasiz, agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi – ma’naviyatdir.
Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida nafaqat meni, balki ma’naviyat sohasi vakillarini, jamiyatimiz ziyolilarini tashvishga solayotgan dolzarb masalalar xususida so‘z yuritilganidan juda hursand bo‘ldim. Eng muhimi, ushbu yig‘ilish sohadagi juda ko‘p muammolarning hal etilishiga yo‘l ochib berdi.
Davlatimiz rahbarining: “Hammangiz yaxshi tushunasiz, agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi – ma’naviyatdir. – Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatdir. Qanday qiyinchilik va sinovlarga duch kelmaylik, boshlagan barcha islohotlarimizni, qabul qilgan dasturlarimizni izchil davom ettirayapmiz” degan so‘zlari, umuman, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar jamiyatning barcha bo‘g‘inlari rahbarlari, ziyolilar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.
Yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan g‘oya, tashabbus va takliflar, belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, hududlardagi qadim tariximizni aks ettiruvchi bebaho yodgorliklar, ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy, ilmiy merosni keng targ‘ib etish hamda ulardan samarali foydalangan holda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifati va samaradorligini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yo‘lidagi sa’y-harakatlarda faol ishtirok etish yurtimizdagi har bir ziyolining bosh maqsadiga aylanishi lozim.
Tan olib aytishimiz kerak, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ma’naviyat sohasiga oid qator qarorlar qabul qilindi, biroq ularning ijrosiga u qadar e’tibor qaratilmay qo‘ygan edi. Jamiyatimizda ko‘pchilik fuqarolar faqat moddiyatni, pul topishni o‘zlarining asosiy ishiga aylantirib olgani ham bor gap.
Shu o‘rinda men Marhamat tumanidagi xalqimizning qadim tarixiga oid “Mingtepa yodgorligi”, shuningdek, Vosiliy nomidagi ma’naviyat markazi, Marhamat zaminida yashab o‘tgan Samar Bonu, Muhammadali Xalfa, Mulla Jalol, Maxdum Vosiliy, Mannop Egamberdiyev, Mahmud Hasaniy, Muhammad Yusuf singri adib va allomalar ijodi, ilmiy merosini o‘rganish, tadqiq etish va targ‘ib etish orqali xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma’naviyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan katta hajmdagi ishlarni amalga oshirish mumkinligini alohida ta’kidlashni istar edim. Shukrki, yurtimizning barcha hududlaridan yetishib chiqqan ana shunday zotlar bor, ularning ibratli hayoti, ijodi, ilmiy merosini o‘rganish hech shubhasiz, millatimizning, ma’naviyatimizning yanada yuksalishiga, o‘lmas an’ana va qadriyatlarimiz umrboqiyligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yana bir oddiy xaqiqatni unutmasligimiz kerak. Qush yuksaklarga parvoz qilishi uchun ikki qanoti bo‘lgani kabi jamiyatimizni yuksalishida iqtisodiyot bir qanot bo‘lib hizmat qilsa, ma’naviyat ikkinchi qanot vazifasini bajaradi. Xalqimizni komillikka, turmushimizni farovon va yurtimizni yuksak taraqqiy qilishi uchun har ikki qanot mustahkam va ishonchli bo‘lishi muhim.
Shu ma’noda har ikki jabhada yuksak, o‘zimiz istagan natijalarga erishishni istar ekanmiz, eng avvalo, jamiyatimizning ilg‘or kishilari, ziyollilar, deputatlar, ayniqsa, barcha jabha va darajadagi rahbarlar Prezidentimiz tomonidan oldimizga qo‘yilgan vazifalarni sitqidildan bajarishimiz lozim. Shundagina mamlakatimiz eng rivojlangan davlatlardan biriga aylanadi.
Ortiqali XUSANOV,
“Turon o‘quvchi yoshlar va nogironlar o‘quv
ishlab chiqarish markazi” NTM direktori,
xalq deputatlari Marhamat tumani kengashi deputati.