Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har ikkala tomonning harakatiga qonuniy baho beriladi
11:21 / 2023-05-01

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “To‘rtko‘l tumanida 15 bola bir bolani ayovsiz kaltaklagani aytilmoqda” sarlavhali video xabar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

Unda qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, 2023 yilning 24 aprel kuni taxminan soat 16:00 larda fuqaro I.I. boshqaruvidagi “Malibu” rusumli avtotransport vositasida 1 guruh nogironi D.B. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtotransport vositasi orqasidan quvib kelib to‘xtatadi. “Nega meni yo‘lda qisib ketding” degan bahona bilan bolalikdan nogiron, ikki oyog‘i ishlamaydigan D.B.ni yuzlariga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazib, voqea joyidan ketgan.

Fuqaro D.B. o‘zining kaltaklanganligi haqida akasi D.M. hamda ukasi D.A.larga xabar berganidan keyin aka-ukalar vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida I.I.ni telefon orqali tumanning "Yoshlik" mahallasidagi Samarqand ko‘chasi bo‘yida joylashgan bog‘ oldida uchrashuvga chaqirishgan. Shu kuni soat 18:00 larda uchrashuvga I.I. tanishi B.U. bilan birga borganida, aka-ukalar D.M. va D.A.lar “nogiron ukamni nega urasan” deb, I.I. bilan o‘zaro tortishib, uni urib tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat nazoratga olinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining 2023 yil 29 apreldagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov boshqarmasi ish yurituviga topshirildi. Tergov natijasiga ko‘ra, har ikkala tomonning harakatlariga qonuniy baho beriladi.

Dovud ABIBULLAEV,

O‘zA muxbiri