Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har haftada 4-5 ta viloyatga borib ishlayotgan vazir
10:56 / 2022-02-14

O‘zA KUZATUVI: O‘zbekiston amaldorlari qanday ishlar bilan shug‘ullanmoqda?

Bugun qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish eng muhim masalaga aylanib turibdi. Tuproq unumdorligi, suv va hosildorlikning yuqori bo‘lishi qishloq xo‘jaligida asosiy vazifadir. Ayniqsa, bugungi kunda bizning qishloq xo‘jalik mahsulotlarimizga bo‘lgan talab nafaqat respublikamizda balki xorijiy davlatlarda ham yuqoridir.

Qishloq xo‘jaligi vaziri viloyatlarni o‘rganib, ushbu hududlarning bor imkoniyatidan foydalangan xolda har bir viloyatda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish va eng muhimi aholi bandligini oshirish masalasida ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda.

4–7 fevral O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev o‘tgan hafta boshida   Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida bo‘ldi.

Paxta-to‘qimachilik  klasterlari faoliyatini rivojlantirish, investitsion loyihalar, texnikalar bilan ta’minlanish darajasi, zamonaviy sug‘orish tizimi va boshqa masalalar hal etildi.
Klaster rahbarlari va fermerlar bilan uchrashuv chog‘ida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar, yer unumdorligini oshirish, ishchi o‘rni yaratish, eng muhimi, fermer xo‘jaliklarining manfaatdorligini oshirish borasida aniq yechimlar belgilab berildi.

8 fevral kuni esa J.Xodjayev Latviya tashqi ishlar vaziri Egars Rinkevichni boshchiligidagi 30 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida 2021 yil aprel oyida mamlakatlar o‘rtasida o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiyaning sakkizinchi yig‘ilishida sohaga doir belgilangan hamkorlikdagi masalalar muhokama etilib, kelgusida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish borasida kelishib olindi.

9 fevral kunining birinchi yarmida Jamshid Xodjayev hamda Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli boshchiligidagi O‘zbekiston-Turkiya biznes forumida Turkiya va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari o‘rtasida yangi savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish, urug‘chilik, intensiv bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama etildi. Ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasidagi savdo bitimlari imzolandi.

Hafta yakunida, ya’ni 11 fevral kuni vazir Sirdaryo viloyati Sardoba va Oqoltin tumanlarida faoliyat yuritayotgan “Indorama Agro” MCHJ xorijiy paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini rivojlantirishdagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.

Vazir tashrifi davomida “Temir daftar”,”Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda ishsiz fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer ajratish, samarali sug‘orishni amalga oshirish, kartoshka ekish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va boshqa masalalarni hal  etish yuzasidan aniq yechimlar belgilab berildi.

Yakshanba dam olish kuni hududlarda klasterlar faoliyatini rivojlantirishdagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida vazir Navoiy viloyatida bo‘ldi.

O‘zA