French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir yigitning uyida oti bo‘lsin
07:00 / 2022-02-04

Otlar mo‘’jiza

Otlardan ko‘p asrlar mobaynida inson uchun asosiy transport vositasi va qishloq xo‘jaligida asosiy kuch sifatida foydalanilgan.

Bugun ham otlar xizmatidan foydalanishdan voz kechganimiz yo‘q. Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida jamoat tartibini saqlashga o‘z hissasini qo‘shayotgan otliq askarlar haqida ana shunday fikrlarni bildirish mukin.

Ulug‘bek Rahmonov hamda Akmal Allayorov Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasining otliq bo‘linmasi kichik serjantlari hisoblanadi. Ular bugungi sovuq, qishning qorli-qirovli kunlarida o‘zlariga biriktirilgan otlardan Guliston shahrida jamoat tartibini saqlash vazifasida foydalanmoqda. O‘zlariga yuklatilgan nihoyatda mas’uliyatli vazifani ko‘ngildagidek bajarishda ana shu otlar xizmatidan oqilona foydalanishmoqda.

– Bu qorabayir otlar biz uchun nafaqat yordamchi, balki, yaqin do‘st bo‘lishga ulgurgan, – deydi Ulug‘bek Rahmonov. – Ularga “Chers”, “Bulut” laqabi berilgan. Yangi yil arafasida va bayram kunlari shahardagi jamoat tartibini saqlashda ular xizmatidan yanada ko‘proq foydalanildi.

Ba’zan viqor bilan oldimizdan o‘tayotgan otlar va ularni egarlab olgan otliq serjantlarni ko‘rganimizda beixtiyor faxrlanamiz.

Muhimi, mo‘’jiza bo‘lgan qorabayir otlar xalqimizning tinchligini, jamoat tartibini saqlashda insonlardan kam xizmat ko‘rsatmayapti.

Shuhrat Suyarov, O‘zA