Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir xodim xalqimizning haqiqiy himoyachisi bo‘lishi kerak
15:36 / 2023-03-01

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasida tizim xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ochiq, samimiy ruhda kechgan uchrashuv avvalida MIB viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Mirzaahmedov Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan sud va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rib kelinayotganini alohida ta’kidladi.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tomonidan prokuraturaning har bir xodimi xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan edi. bugungi kunda ana shu talab asosida o‘z faoliyatini olib borayotgan MIB Namangan viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud hamda boshqa organlarning qarorlarini ijro etib, amalda odil sudlovni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Uchrashuvda Byuroning shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi mas’ul vakili tomonidan mehnat intizomi, qonunchilik holatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, prokuratura organi xodimi degan sharafli kasbga sadoqat bilan xizmat qilish va fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish haqida to‘xtalib o‘tildi. O‘z o‘rnida, davlat ijrochilari va ularning ota-onalari ham so‘z olib, Byuro organlarida xodimlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, ularga javoban faqat munosib ishlashi, o‘z xizmat vazifasini sadoqat va vijdonan bajarishlarini qayd etishdi.  

Muloqot yakunida sud va boshqa organlardan kelayotgan hujjatlar ijrosini ta’minlashda namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh boshqarma inspektorlari va bo‘limlar davlat ijrochilari pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bunday fidoyi xodimlarning ota-onalariga esa boshqarmia boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirildi.

Oqilxon Dadaboyev,  

O‘zA