Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir xodim o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi kerak
19:41 / 2023-02-21

“Suv ta’minoti va oqova suv ob’ektlari bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi buyurtmasi asosida 418,4 milliard so‘m byudjet mablag‘lari evaziga 229 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 817,5 kilometr ichimlik va 62,6 kilometr oqova suv tarmog‘i bo‘lgan 182 ta inshootlarni qurish, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi sa’y-harakatlar natijasida viloyatda 128,2 ming nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suv ta’minoti bilan ta’minlanadi. 98,8 ming nafar aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi.  

Xo‘sh, mazkur ishlarni sifatli bajarishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?  

Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi qarori ijrosi doirasida “Suv ta’minoti va oqova suv ob’ektlari bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarda shu xususida so‘z bordi.

Farg‘ona tumani “Markaz” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan tadbirda shahar-tuman hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda qurilish-pudrat tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi.

[gallery-10656]

Ayni jarayonda “Markaz” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Markaz, Chashma, Mindon xamda Voris ko‘chalarini ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida 6,5 kilometr toza ichimlik suv tarmog‘ini tortish, 1 ta ichimlik suv qudug‘ini qazish va 1 ta suv minorasini o‘rnatish hamda ushbu ko‘chalardagi 669 ta xonadonda istiqomat qiladigan 3 ming 625 nafar aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.  

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ezgu maqsad uchun ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri yo‘naltirish, har bir ob’ekt sifatli, o‘z muddatida yakunlanishi zarurligini ta’kidladi. Zero odamlarni rozi qilish, aholi turmush tarzini yanada farovon bo‘lishini ta’minlash eng muhim vazifa ekanini alohida qayd etdi. Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosi har bir ob’ekt kesimida o‘rganilishi, xususan, qurilish ishlari ichki nazorat guruhi tomonidan tekshirilishi, sifatsiz mahsulotlardan foydalanish holati aniqlansa pudratchi tashkilot rahbarlari tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi tushuntirildi. Bundan buyon belgilangan yumushlar sifatli bajarilishi jiddiy nazoratda bo‘lishi bo‘yicha soha mas’ullari ogohlantirildi. Har bir mas’ul xodim o‘z ishiga halollik bilan yondashib, sidqidildan mehnat qilishi zarurligi qayd etildi.  

Seminarda soha mutaxassislari tomonidan qurilish jarayonida foydalaniladigan jihozlar, qurilish xomashyolari sifatini aniqlash hamda sifatsiz mahsulotlardan ehtiyot bo‘lish borasida amaliy bilim va ko‘nikma berildi.  

M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat) O‘zA