English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir tashqi reklama vositasi qonun talablariga moslashtiriladi
18:37 / 2021-07-29

O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrdagi 723-I-sonli «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasi 3-4-bandlarida: «Tashqi reklamani ko‘cha yoritkichlarining tayanchlarida hamda ko‘cha va yo‘llar qatnov qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda va yo‘l belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning o‘tish joylari, umum foydalanishdagi transport vositalari bekatlarini to‘sib qo‘ymagan holda, shuningdek bunday reklama yo‘l belgilari tasvirini takrorlanmagan (yoki aynan taqlid qilmagan) taqdirda amalga oshiriladi».

«Tashqi reklamani moddiy madaniy meros ob’ektlarida, yo‘l belgilarida va svetoforlarda, ularning tirgaklarida yoki harakatni tartibga solib turuvchi boshqa har qanday qurilmalarda, shuningdek, dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yo‘li bilan joylashtirish taqiqlanadi» deb belgilab qo‘yilgan.

Lekin shunga qaramay, ayrim tadbirkorlarimiz o‘z boshimchalik bilan qonun talablariga rioya qilmagan holda reklamalarini noqonuniy tartibda joylashtirib kelmoqda. Vobkent tuman hokimi boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan 4P-66 «Quyimozor-Azizobod-Vobkent-Yangibozor» yo‘li yoqasida joylashgan ob’ektlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida yo‘lning harakatlanuvchi qismiga yaqin holda va elektr simyog‘ochlarda o‘rnatilgan 30 dan ortiq tashqi reklama vositalari olib tashlandi. Shuningdek, savdo do‘konlari, ovqatlanish hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridagi ma’nan eskirgan va xorijiy tilda yozilgan bannerlarni qisqa muddat ichida tartibga keltirish bo‘yicha tadbirkorlarga ko‘rsatmalar berildi.

Bundan keyin har bir tashqi reklama vositasi - qonun talablariga moslashtiriladi.