Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir tarbiyalanuvchi – alohida e’tiborda (+video)
17:07 / 2025-05-15

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida joylashgan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga qarashli 17-ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 78 nafar nogironligi bor bolajon tarbiyalanadi.

Bu yerda har bir tarbiyalanuvchi alohida e’tiborda. Malakali pedagog-tarbiyachilar, defektolog, psixolog, shifokor va hamshiralar ularning jamiyatga faol qo‘shilib ketishi uchun astoydil harakat qilmoqda. 

[gallery-23352]

– Kasallik turiga qarab, mutaxassislarimiz har bir bola bilan individual ishlaydi, - deydi tashkilot uslubchisi Inobat Matniyozova. – Natijada salomatligi o‘rtacha bo‘lgan bolalarning ahvoli yaxshilanib, maktabga qatnamoqda. Bunday ijobiy holatlarni ko‘rib, harakatlarimiz zoye ketmaganidan xursand bo‘lamiz.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kLac5bBCTe4" title="Har bir tarbiyalanuvchi – alohida e’tiborda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA