Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir saylov uchastkasiga 2 donadan Brayl alifbosida trafaretlar yetkazib berildi
16:45 / 2021-10-23

MSK Raisi ishtirokidagi matbuot anjumani davom etmoqda.

Nogironligi bo‘lgan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlashda qo‘shimcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda to‘rtta nodavlat notijorat tashkiloti - O‘zbekiston Nogironlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Karlar jamiyati va Nogironlar assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Kelishuvga asosan, barcha saylov uchastkalariga kirish joylarida panduslar o‘rnatilishi, saylov uchastkalarining ichida nogironligi bo‘lgan saylovchilar erkin va to‘siqlarsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratilishi, saylovga oid axborot materiallari, jumladan, Prezidentlikka nomzodlarning biografiyalari va saylovoldi dasturlari Brayl alifbosida chop etilishi va audioyozuvda tarqatilishi, ko‘rsatuvlar surdo-tarjima bilan uzatilishi, saylov byulletenlari uchun Brayl alifbosida trafaretlar tayyorlanib, har bir saylov uchastkasiga 2 donadan yetkazib berilishi ta’minlandi.

Markaziy saylov komissiyasining majlislarida COVID-19 pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish jarayonida aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, saylovchilar va saylov tashkilotchilari o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish masalasi muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish bo‘yicha yo‘riqnomada saylov okruglari va uchastkalarida, ovoz berish xonalarida saylov komissiyasi a’zolari, saylovchilar, kuzatuvchilar va jurnalistlar uchun karantin qoidalariga rioya qilish talablari batafsil aks ettirildi.

Saylov jarayonining barcha ishtirokchilari uchun 12 million 700 ming dona bir martalik tibbiy niqoblar, 21,5 ming litr antiseptik spreylar va boshqa shaxsiy himoya va dezinfeksiya vositalari okrug va uchastka saylov komissiyalariga yetkazib berildi. 141 ming nafardan ortiq barcha darajadagi saylov komissiyalari a’zolari koronavirusga qarshi to‘la emlandi.

 

N.Nasriyev,

O‘zA