Har bir sanoat korxonasi hudud rivojida muhim
Yangi Namangan tumanidagi “Textil production for men” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2015 yilda tashkil etilgan. Korxona bugungi kunda 45 nafar kishini ish bilan ta’minlab, hudud eksport salohiyatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan tekstil mahsulotlari xorijiy bozorlarga yo‘naltirilgan. Xususan, 2025 yilda Turkmanistonga 300 ming AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilingan. 2026 yilda esa Rossiya Federatsiyasiga 500 ming AQSH dollari hajmida eksportni amalga oshirish rejalashtirilgan.



Tuman hokimi A. Qoraboyev mazkur ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib, mehnat sharoitlari, mahsulotlar sifati hamda kelgusi rejalar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida ish ko‘lamini kengaytirish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA