Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Har bir oila – tadbirkor” dasturida Agrobank ham faol
20:43 / 2019-04-18

“Qizim Nazokatxon qoʻli gul chevar. U tikkan bolalar liboslari, ayniqsa, bayramlarga moʻljallangan kiyimlarga talab koʻp.


“Qizim Nazokatxon qoʻli gul chevar. U tikkan bolalar liboslari, ayniqsa, bayramlarga moʻljallangan kiyimlarga talab koʻp. Bolajonlar uchun ayiq polvon, quyoncha, tulkioy yoki sholgʻomni eslatuvchi quvnoq liboslarga buyurtma berish uchun qoʻshni tumanlardan ham izlab kelishadi. Keyingi vaqtlarda buyurtmalar koʻpligidan bir oʻzi ulgurmayotgan edi. “Agrobank”dan berilgan 11 million soʻmdan ziyod mablagʻ ishimiz rivojida qoʻl kelmoqda. Uch yilga berilgan bu kredit evaziga biz uchta tikuv mashinasi xarid qilib, yangi ish oʻrni ochdik”.

Bu Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi Nasiba Erkaboyevaning dil soʻzlari edi.

Joriy yilning 28 fevral – 1 mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifidan soʻng viloyatda “Har bir oila – tadbirkor” harakati keng quloch yoymoqda.

photo_2019-04-15_11-17-29.jpg

Har bir hudud xususiyati va imkoniyatidan kelib chiqib, yangi korxonalar tashkil etish, ish oʻrinlari yaratish, bunyodkorlikning barcha yoʻnalishlarini yuksaltirishga oid topshiriqlar ijrosini taʼminlash, xususan, Chust tumanida oilalar manfaatdorligini oshirishda “Agrobank” ham oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Joriy yilning 1 aprel kuniga qadar “Agrobank” ATBning Chust filiali tomonidan 477 nafar oilaga 8,1 milliard soʻm kreditlar ajratildi. “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi doirasida berilgan ushbu mablagʻlar koʻpgina oilalar manfaatdorligini oshirish bilan bir vaqtda sohalar yuksalishga ham xizmat qilmoqda. 

Oilalarga taqdim etilayotgan kredit mablagʻlari aniq maqsadlarga yoʻnaltirilmoqda. Yaʼni, xonadonlarda tikuvchilik, toʻquvchilik ishlarini yoʻlga qoʻyish, issiqxonalar barpo etish, chorva mollari boqish, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik bilan shugʻullanish va boshqa qator yoʻnalishlarda tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun taqdim etilmoqda. Misol uchun, 27 million soʻm kredit olgan Mehriniso Mirahimova tuyaqushchilikni rivojlantirish maqsadida tuyaqush joʻjalarini xarid qildi. Habibulla Obodov olingan 12 million 220 ming soʻm evaziga naslli qoramol xarid qildi.

photo_2019-04-15.jpg

– Kichik maydonda qurilgan qoʻlbola issiqxonada mahsulot yetishtirardik, – deydi Chust tumani Karnon qishlogʻida yashovchi Abdulla Madaliyev. – Zamonaviy issiqxona qurishga mablagʻimiz yetmasdi. Yaqinda bank ajratgan qariyb 15 million soʻm evaziga zamonaviy issiqxona qurdik. Hisob-kitobimizga koʻra, ularning har biri oʻrtacha 5 kilogramm hosil bersa, yaxshigina daromad koʻramiz. Mayning boshida bodring, oktyabrda esa koʻkatlar yetishtirish niyatidamiz. Shu tariqa bir yilda uch marta hosil olsa boʻladi. 

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi kattayu kichikni birdek harakatga keltirib qoʻydi. Kim bilan suhbatlashmang, tadbirkorlik bilan shugʻullanib nafaqat oilasiga, balki jamiyat rivojiga hissa qoʻshish niyatida ekanini aytadi. Ayniqsa, ushbu dastur aholi zich yashaydigan Namangan viloyatida muhim masala – bandlik muammosini hal etish bilan birga, aholi xonadonlarining daromadini oshirishda keng imkoniyatlar yaratmoqda.

“Agrobank” ATB matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida