Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Har bir oila tadbirkor” dasturi amalda
15:48 / 2022-03-10

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida “Har bir oila tadbirkor” dasturi ijrosi doirasida oilalarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning barqaror va qo‘shimcha daromad topishiga qaratilgan muayyan mehnat faoliyatiga yo‘naltirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

– Imtiyozli kredit evaziga 400 dona parranda olib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydim, - deydi tumanning Kuyukmozor mahallasida yashovchi Ahmadjon Sotimov. – Tashabbusimni qo‘llagan tuman hokimi Zulayho Mahkamova inkubator sovg‘a qildi. Hisoblab ko‘rdim, oyiga 250 ming so‘mdan kredit foizi chiqar ekan. Tovuqlar besh kundayoq tuxumga kirdi. Kuniga 30-40 tadan tuxum olyapmiz. Hammasi tuxumlasa, bir oylik kredit xarajatlari bir kunda qoplanar ekan.

[gallery-6083]

Mahallada 722 xonadon, 1070 oilada 3484 nafar aholi istiqomat qiladi. Barcha mehnat, yumush bilan band. Tomorqadan foydalanish koeffitsenti yuqori. Istiqlol ko‘chasida parrandachilik kooperatsiyasi tashkil etilgan. 

Tumanda aholi xonadonlariga o‘n ming dona parranda tarqatish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha uning to‘rt mingi o‘z egalariga yetkazildi.

 
 Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA