Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir oila, har bir farzandning taqdiri maktabga bog‘liq
12:55 / 2025-08-09

Poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi” shiori ostidagi an’anaviy IV Ustozlar milliy forumining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida o‘tkazilgan forum tadbirlarida ilg‘or, tashabbuskor, yetakchi o‘qituvchi va tarbiyachilar qatnashdi.  

Unda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova qatnashdi hamda ishtirokchilarga kelgusi faoliyatlarida katta muvaffaqiyatlar tiladi.  

–  Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar o‘zining natijalarini yaqqol namoyon etmoqda, – dedi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova. –  Sababi, bugungi kunda ushbu sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda har bir oila, har bir farzandning taqdiri maktab ta’limi bilan uzviy bog‘liq. Zero, inson shaxsiyatining shakllanishi aynan maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga to‘g‘ri keladi. Sohaga qaratilayotgan e’tibor natijasida maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarining soni ortib bormoqda. O‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda.  

Ustozlar uchun tashkil etilgan ikki kunlik milliy forum davomida ta’lim sohasidagi yangiliklar, innovatsion yondashuvlar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.  

Tadbir doirasida turli fan yo‘nalishlarida sho‘’ba mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar umumta’lim maktablarining eng sara pedagoglari, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning ilg‘or o‘qituvchilari, master-trenerlar tomonidan olib borildi.

[gallery-24688]

Shuningdek, forumda o‘quv maqsadlar, yangi o‘quv-metodik majmualar sharhi va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar, darsliklarda qo‘llanilgan ilg‘or metodikalar, Janubiy Koreya tajribasi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar – o‘yinga asoslangan ta’lim xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Shu bilan birga, boshlang‘ich ta’limda informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning zamonaviy usul va vositalari, ta’limdagi zamonaviy yondashuvlar, namunaviy dars tashkil etish va uni tahlil qilish, mezonlarga asoslangan baholash tizimining maqsadi va mohiyati xususida pedagoglarga batafsil ma’lumot berildi.  

Loyihaga asoslangan ta’lim, "e-maktab" platformasidan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.  

Forum yakunida bir guruh ilg‘or pedagoglarga “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.  

Tadbir yakunida san’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokida ustozlar uchun katta konsert dasturi namoyish etildi.  

 

Nazokat Usmonova,
Nosirjon Haydarov (surat),
O‘zA muxbirlari