Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir oʻqituvchi oʻzgarishni oʻzidan boshlamoqda
19:56 / 2019-08-20

Fargʻona viloyati Toshloq tumanida 2019-2020 oʻquv yilida amalga oshiriladigan ishlarga bagʻishlangan anʼanaviy avgust kengashi boʻlib oʻtdi.


Fargʻona viloyati Toshloq tumanida 2019-2020 oʻquv yilida amalga oshiriladigan ishlarga bagʻishlangan anʼanaviy avgust kengashi boʻlib oʻtdi.

“Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida oʻtkazilgan mazkur oʻquv-seminarda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda taʼlim sifatini oshirish borasidagi islohotlar oʻzining yorqin samarasini berayotganini taʼkidladi.

Keyingi ikki yil mobaynida xalq taʼlimi tizimida sezilarli oʻzgarishlar roʻy berdi. Davlatimiz rahbarining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, pedagog kadrlar obroʻsini oshirish, ularning moddiy-maʼnaviy va ijtimoiy muhofazasini taʼminlash boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻqituvchilarning ish haqi oshdi, qoʻshimcha ragʻbatlantirish tadbirlari koʻrilmoqda.

– Yangi oʻquv yili “Taʼlimda islohot: oʻzgarishni oʻzimizdan boshlaylik” shiori ostida oʻtishi barchamizga yanada katta masʼuliyat yuklaydi, – deydi viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi M.Turdimatov. – Bugungi kunda viloyatimizdagi 920 umumtaʼlim maktabida 623 ming 636 oʻquvchiga 45 mingdan ziyod pedagog taʼlim-tarbiya bermoqda. Oʻtgan oʻquv yili Margʻilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur oʻqitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat, Yozyovon hamda Buvayda tumanlarida fanlarni chuqur oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilib, iqtidorli oʻquvchilar qabuli amalga oshirildi. Oʻquvchilarimiz turli tanlov va musobaqalarda ham munosib oʻrinlarni egalladi. Investitsiya dasturi doirasida joriy yilda viloyatda 7 yangi maktab qurilishi, 13 maktabda kapital rekonstruksiya va 11 maktabda kapital taʼmirlash ishlari koʻzda tutilgan boʻlib, bu ishlar toʻliq yakunlandi.

Anjumanda yangi oʻquv yilida pedagoglar oldida turgan muhim vazifalar haqida ham toʻxtalib oʻtildi. Jumladan, taʼlim sifatini yuqori bosqichga koʻtarish, pedagogik jamoalarda ijodiy muhitni yanada yaxshilash, dars jarayoniga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga alohida ahamiyat qaratiladi. Boshlangʻich taʼlimda interaktiv taʼlim muhiti, fanlarni oʻqitishda innovatsion yondashuv kabilarda ilgʻor tajribalarni ommalashtirish alohida eʼtiborda boʻldi. Toshloq tumanidagi umumtaʼlim maktablarida Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash borasidagi ishlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.