Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir nuqtada sog‘liq: Akupunktura va an’anaviy usullar (+video)
17:35 / 2025-10-07

Tibbiyot – inson salomatligini asrash, kasalliklarni oldini olish va ularni davolash bilan shug‘ullanadigan eng qadimiy va eng zarur soha.

U faqat kasallikni bartaraf etish bilan cheklanib qolmay, balki inson umrini uzaytirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jamiyatning farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Xitoy tibbiyoti – bu jahonda eng qiziq va tarixiy yo‘nalishlardan biri. U an’anaviy Xitoy tibbiyoti (Traditional Chinese Medicine, TCM) va zamonaviy (g‘arb usuli) tibbiyot kabi asosiy ikki qismga bo‘linadi.

Xitoyda tibbiyotning xalqaro standarti qo‘llaniladi, shu bilan birga an’anaviy metodlardan ham keng foydalaniladi.

Masalan, an’anaviy Xitoy tibbiyoti (TCM) tarixi minglab yillarga borib taqaladi. Bunda asosiy usullar akupunktura – maxsus nuqtalarga igna qo‘yish, xerbal tibbiyot – o‘simliklar va tabiiy moddalardan dori tayyorlash, qo‘l massaji va tibbiy gimnastika (sigun) hamda tananing energiyasi (si) va undagi balans bilan bog‘liq kasalliklarni davolashdan iborat.

Zamonaviy tibbiyot tizimlarida aniq tashxis qo‘yish, samarali davolash va profilaktika choralarini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvga tayaniladi. Aksariyat kasalxonalarda integrativ tibbiyot ya’ni an’anaviy va zamonaviy tibbiyot uslublari birlashtiriladi. Davolashda fuqarolarning hayotiy quvvati va organizm balansi inobatga olinadi. 

Xitoylik tibbiyot xodimlari tibbiyotni nafaqat davolash san’ati, balki inson hayotiga issiqlik va g‘amxo‘rlik ulashish san’ati deya hisoblashadi.

Xitoyda igna bilan davolash usuli – bu akupunktura deb ataladi va an’anaviy Xitoy tibbiyotining asosiy qismidir. 

Xo‘sh, akupunktura nima?

Bu tanaga mayda ignalarni belgilangan nuqtalarga sanchish orqali energiyani (Xitoy tibbiyotida bu “si” deb ataladi) muvozanatini tiklash usuli. Maqsad og‘riqni kamaytirish, immunitetni mustahkamlash va turli kasalliklarni davolash. Bu usulda ignalar teriga va ba’zi hollarda mushakka qo‘yiladi. Bu usul orqali jismoniy va nerv signallari ta’sir qilib, organizmdagi tabiiy davolash jarayonlarini faollashtiradi.

Xitoy massaji “tuyna” deb ataladi. Bu maxsus qo‘l va barmoq texnikalari orqali organizmdagi energiya (si) oqimini muvozanatlaydi. Massajlar orqali mushak va bo‘g‘imlar faoliyati yaxshilanadi, qon aylanishi rag‘batlantiriladi va organizm sog‘lomlashtiriladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FonKkLWSfFU" title="Har bir nuqtada sog‘liq: Akupunktura va an’anaviy usullar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva, Iskandan Ismatov, O‘zA

Xitoy, Pekin