Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir murojaat nazoratda
16:07 / 2025-07-11

Bo‘stonliq tumanidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yuzasidan ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Tuman Adliya bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Mahmud Yuldoshov va mas’ul mutaxassislar tomonidan pedagog va ishchi xodimlar faoliyatiga oid masalalar muhokama qildi.

Shu bilan birga, ota-onalar tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid taklif, savol, shikoyat va boshqa murojaatlar ham ko‘rib chiqildi. Jarayonda aholidan jami 30 ta murojaat kelib tushdi. Xususan, bolalarni bog‘chaga qabul qilish va qamrovini oshirish, yangi o‘quv yilida bolalarni birinchi sinfga joylash, o‘qituvchilarga toifalar va sertifikatlar berishda qulayliklar yaratish bo‘yicha fikr bildirildi. 

– Bu galgi qabulda ko‘plab fuqarolar murojaatlari hal bo‘lganidan xursand bo‘ldi, – deydi Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Dilshod Ilolov. – Joylarda bu kabi xalq bilan muloqot tadbirlarini muntazam tashkil etishga harakat qilinmoqda. Sohada ishlayotgan pedagoglarga ham qulaylik yaratish, ularning muammolarini o‘rganib, hal qilish lozim. Ayniqsa, Bo‘stonliq tumani tog‘li hudud bo‘lgani uchun olis manzillardagi ta’lim muassasalaridagi sharoit shahardagidan farq qiladi. Shu tufayli bu masalalar doim nazoratda. 

Qabul davomida ko‘rilgan murojaatlarning aksariyati shu joyning o‘zida hal etildi. Ayrim muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilib, nazoratga olindi. 

A.Musayev, O‘zA.