Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir murojaat ijrosi nazoratda
16:38 / 2022-01-23

“Qoʻngʻirot soda zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasi bosh direktori J.Mustafayev tomonidan ishchi xodimlarning talab va takliflarini oʻrganish, ularning dardlarini tinglash hamda muammolarini imkon darajasida joyida hal etish maqsadida muntazam sayyor qabul oʻtkazib kelinmoqda.

Ularda nafaqat korxona ishchi-xodimlari, balki “Elobod” shaharcha fuqarolar yigʻini aholisi ham ishtirok etib, oʻz muammolari hamda takliflarini bildirmoqda.

Sayyor qabul davomida 29 fuqaro uy joy masalasi boʻyicha murojaat qildi. Ularning murojaati boʻyicha “Elobod” shaharchasida yangi koʻp qavatli uy-joy qurish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga 18,5 gektar ajratish boʻyicha xat chiqarildi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan yer ajratish, oʻlchash, platformaga joylashtirish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, qurilishi tugallanmay qolib ketgan 18 xonali uy-joy boʻyicha loyiha hujjatlari tayyorlanib, oxiriga yetkazish choralari koʻrilmoqda.

2021-yilda oʻtkazilgan sayyor qabullarda 70 nafarga yaqin fuqaro ish bilan taʼminlash, 3 nafari davolanish, 2 nafar fuqaro farzandlarining shartnoma pullarini toʻlab berish, 20 nafar ishchi-xodim moddiy yordam, 9 nafari ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha murojaat qildi. Ushbu murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi.

Har bir murojaatda inson taqdiri mujassam. Shunday ekan, ularning yechimi korxona rahbariyati tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Dovud Abibullayev, OʻzA