Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir mahallada o‘sish nuqtalari belgilandi
20:43 / 2022-08-04

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi mahallalarda “o‘sish nuqtalari” belgilab olindi. Bu haqida Qarshi tumani hokimi Bekzodjon Yusupov jurnalist va blogerlar uchun “Qarshi tumanida 2022 yilning yanvar-iyun oylarida mahallabay ishlash tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahallalardagi 1 ming 744 ta xonadon, 2 ming 170 nafar aholini qamrab olgan 58 ta kooperatsiya (parrandachilik, qo‘ychilik, baliqchilik, asalarichilik, quyonchilik, kurkachilik, gulchilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik, issiqxona va limonchilik, tikuvchilik) tashkil etilgan. Masalan tumandagi Ko‘chkak MFY hududidan dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ijara asosida 29 gektar yer maydoni 25 sotixdan 112 nafar fuqaroga ajratib berilib, anjir ko‘chatlari ekildi.

[gallery-8167]

Xuddi shunday tumandagi Tallikuron MFYda “ASL PARRANDA-2022” MCHJ tomonidan mahalladagi 30 ta aholi xonadonlarida ko‘katchilik (pomidor, bodring, qizil bulg‘or, karam va boshqalar) bo‘yicha shartnoma asosida mahsulot yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Aholi xonadonlariga korxona tomonidan bepul ko‘chatlar yetkazib berildi. Ekish ishlari korxona agronomlari nazoratida amalga oshirildi. Shartnoma asosida ish faoliyati olib borayotgan xonadon egalariga yetishtiriladigan mahsulotning 25 foizi miqdorida oldindan avans mablag‘lari berilgan. Korxona tomonidan aholi xonadonlarida yetishtirilgan mahsulotlar kelishilgan narxlarda sotib olinishi rejalashtirilgan. Ushbu mahalladagi xonadonlarda yetishtirilayotgan mahsulotlar ham MCHJ tomonidan kelishilgan narxlarda sotib olinmoqda.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA