Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Har bir mahallada ikki nafar dasturchi” loyihasi ishga tushiriladi
13:44 / 2024-02-23

2024 yil 1 martdan boshlab “Har bir mahallada ikki nafar dasturchi”  dasturi joriy etiladi.

Ushbu dastur doirasida mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan mahalla faollari ishtirokida axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar aniqlanib, ularni ingliz va boshqa xorijiy tillarga o‘qitish hamda sertifikatlar olishini tashkil etish, sertifikat olgan yoshlar to‘g‘risida ma’lumotlarni Raqamli texnologiyalar vazirligining maxsus axborot tizimiga kiritib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi maxsus axborot tizimiga kiritilgan yoshlarni IT sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashadi.

O‘zA