Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir mahallada bayram shukuhi
19:23 / 2022-08-31

Eng ulug‘, eng aziz ayyom – mustaqillik bayramiga bag‘ishlab yurtimiz mahallalarida, hokimliklarda ham ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘lim boshqaruvi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida tashkil etilayotgan ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinki va samimiy ruhda bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirlarda keyingi yillarda mamlakatimizda inson omiliga ustuvor ahamiyat qaratish, odamlarning og‘irini yengil qilish, muammolarini tezkorlik bilan hal etish borasida ilgari misli ko‘rilmagan tashabbuslar hayotga joriy etilayotgani ta’kidlandi. Ayni paytda mahallalarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, unda mehnat qilayotgan faollar, fuqarolar yig‘ini raislarining mehnatini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish borasida keng qamrovli chora-tadbirlari amalga oshirilayotgani e’tiborga molikdir.

Toshkent shahar hokimligi binosida bo‘lib o‘tgan shunday tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 iyuldagi tegishli qaroriga asosan eng ilg‘or mahalla raislariga “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni topshirildi. Shu bilan birga, “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni topshirilgan Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari moddiy rag‘batlantirildi. Ularga sihatgohlarda davolanish uchun bepul yo‘llanmalar topshirildi.

Aytish joizki, “Mahalla” fondi Toshkent shahar bo‘lim boshqaruvi tashabbusiga ko‘ra joriy yilning 22-31 kuni mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Toshkent shahridagi barcha tumanlarda istiqomat qilayotgan 80 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilib, bayram dasturxoni tashkil qilindi.

Shuningdek, ehtiyojmand, bemor, yoshi ulug‘ hamshaharlarimizning bir guruhiga nogironlik aravachalari, dori-darmonlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga tikuv mashinalari topshirildi.

N.Usmonova, O‘zA