Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir loyiha zamirida aholi manfaati yotadi
19:03 / 2021-11-27

BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yoinori Fudjiyama, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakili Yu.Yu Chimboy tumanida amalga oshirilgan qator loyihalarning ochilish marosimlarida ishtirok etdi.

BMT Taraqqiyot Dasturi hamda YUNFPA Ko‘chma dasturi doirasida innovatsion g‘oyalar va loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun arizalarni qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi. Tumandagi “Ramazan Sarsenboyev” xususiy korxonasining rahbari Ramazan Sarsenboyevning hududda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan biznes g‘oyasi g‘olib, deb topildi va moliyalashtirildi. Hozirgi vaqtda har biri 50 tonnagacha sabzavot va mevalarni joylashtirish quvvatiga ega ikkita muzlatkich majmuasi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur inshootning foydalanishga topshirilishi hudud aholisini yil davomida arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash imkonini beradi. Loyiha doirasida mana shunday inshootlar Bo‘zatov va Qorao‘zak tumanlarida ham qurilganligi qayd etildi.

Qo‘shma Dasturni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga insondagi papilloma virusini (IPV) aniqlash uchun testdan o‘tkazish uskunasi, test tizimlari va ishlatiladigan materiallar taqdim etildi. Testdan o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot, Chimboy, Bo‘zatov, Mo‘ynoq, Qorao‘zak, Shumanoy, Xo‘jayli, Kegayli, Qonliko‘l va Nukus tumanlarida olib borilmoqda. Loyihani amalga oshirish mobaynida testdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan xotin-qizlarning 36 foizi tekshirildi.

Chimboy tumani markazidagi oilaviy poliklinikadagi uchrashuvda delegatsiya a’zolari ushbu yo‘nalishdagi ishlar bilan tanishdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlaridagi 34 ming nafardan ortiq qiz va bo‘lajak onalar temir preparati va foliy kislotasini oldi. Gemoglobin darajasini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring loyihaning barcha ishtirokchilarida umumiy ahvol va qon ko‘rsatkichi o‘rtacha 10 foizga yaxshilanganini ko‘rsatdi.

Tumanning eng chekka “Qoshqar jiqqan” aholi punktida suvni tozalash qurilmasi ishdan chiqqani sababli mahalliy aholi yaqin vaqtlargacha yer ostidan tortilgan ichimlik suvidan foydalanib keldi. Uning sifati sanitariya va gigiyena me’yorlariga to‘g‘ri kelmasdi. Qo‘shma Dastur doirasida bu yerda soatiga 8 kubometr suv tozalash uskunasi va suv ta’minoti tarmog‘i ӯrnatildi. Natijada aholi toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi. Mehmonlar inshootni foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.

Delegatsiya vakillari Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Xalqaro innovatsion klinikasida ham bo‘ldi. Joriy yilda foydalanishga topshirilgan innovatsion klinikadagi shart-sharoitlar mehmonlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

[gallery-4840]

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA