Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir kun – imkoniyat, kelajakka poydevor
13:57 / 2023-07-28

O‘zLiDeP Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasida “Yoshlar – uchinchi Renessans bunyodkorlari” mavzuidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda davlatimiz rahbarining Oliy Majlis palatalari qo‘shma yig‘ilishidagi nutqi mazmun va mohiyati ochib berildi.    

Xususan, Prezidentimizning nutqida ko‘tarilgan masalalar jumladan, O‘zbekiston yangi davrga qadam qo‘yayotgani, u siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohalarda tub burilish va ulkan o‘zgarishlar davri bo‘lajagi ta’kidlandi. Buning uchun yangi g‘oya va tashabbuslar, avvalgidan-da ko‘proq g‘ayrat va shijoat bilan ishlash kerakligiga urg‘u berildi.  

Dunyodagi ziddiyatlar iqtisodiyot uchun muammolar keltirib chiqarmoqda. Iqlim o‘zgarishi, tabiiy boyliklar va suv resurslarining tobora taqchil bo‘lib borayotgani ham barqaror rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mana shunday og‘ir va tahlikali vaziyatda xalqimiz manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni – samarali ichki va tashqi siyosat yo‘lini aniq belgilab olish va uni qat’iy amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.  

O‘zbekistonning eng katta kuchi ahil oila bo‘lib yashayotgan ko‘pmillatli xalqi ekani, yurtimiz bundan buyon ham chinakam insonparvarlik va bag‘rikenglik diyori bo‘lib qolishi ta’kidlandi. 

Prezident bu nutqida turli ko‘rsatkichlarga ko‘p to‘xtalmadi, iqtisodiy raqamlarni keltirmadi. Eng katta yutuq xalqimizning dunyoqarashi yuksalgani, odamlar katta maqsadlarga intilib, ertangi kunga ishonch bilan yashayotgani ta’kidlandi.  

 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA