Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Har bir harakat o‘zidan keyin iz qoldiradi. Ekspert qo‘lida esa har bir zarra gapiradi!” (+video)
21:37 / 2023-05-26

Hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi, ya’ni globallashuv davrida barcha sohalardagi kabi ekspert-kriminalistika sohasini rivojlantirish, uning muammolarini bartaraf etish, sohaga oid jinoiy ishlarni tezkor ochishda zamonaviy innovatsion texnologiyalar va jahon kriminalistika sohasi tajribalaridan foydalanishni taqozo etmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Prezidentining “Ichki ishlar organlarining ekspert kriminilistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda, yanada takomillashtirish chora-tadirlari to‘g‘risida”gi qarori ham shu maqsadda qabul qilingan. Mazkur qaror sodir etilgan huquqbuzarliklarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘z vaqtida aniqlash va qisqa muddatlarda fosh etish, ashyoviy dalillarning kriminalistik tadqiqotlarini yanada takomillashtirish, shu bilan birgalikda ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalarining bu boradagi imkoniyatlarini oshirishni ko‘zda tutadi.  

Xo‘sh, O‘zbekistondagi Ekspert-kriminalistika sohasining jinoyatlarni tezkor ochishdagi bugungi ahamiyati qanday? Soha faoliyati davomida qanday yangi va ilg‘or tajribalardan foydalanilmoqda?  

Bu yuzasidan batafsil, joriy yilning 26-may kuni IIV Akademiyasida “Ekspert-kriminalistika faoliyati: muammolar, istiqbollar va innovatsiyalar” mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ma’lumot berildi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/IOY2FcgNpKY" title="“Har bir harakat o‘zidan keyin iz qoldiradi. Ekspert qo‘lida esa har bir zarar gapiradi!”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Konferensiya shaxsning ijtimoiy xavfli qilmish uchun aybliligini amaliy-texnik jihatdan ishonchli dalillar bilan isbotlash jarayonini yanada takomillashtirish yo‘nalishida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida tashkil etildi va unda Xitoy, Turkiya, Italiya, Saudiya Arabistoni, Koreya, BAA, Belarus, Rossiya Federatsiyasi, Hindiston va shu kabi jami 13 ta mamlakatning ekspert-kriminalistika sohasida foliyat olib boruvchi xodimlari qatnashdi. Tadbirga shuningdek, BMTning Narkotik va jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Toshkent shahridagi vakolatxonasi vakillari, respublikamizdagi turdosh oliy o‘quv yurtlari rahbarlari va professor-o‘qituvchilari, doktorontlar, magistrlar, aspirantlar, mustaqil izlanuvchilar jalb etildilar. Ishtirokchilar tomonidan butun dunyoda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tezkor-qidiruv tadbirlari, tergov va sud harakatlarida dalillarni to‘plashda zamonaviy  fan va texnikaning ilg‘or yutuqlari, xususan kriminalistika ilmiy usul va vositalari qo‘llash amaliyotiga doir masalalar muhokama qilindi.

“Har bir harakat o‘zidan keyin iz qoldiradi. Ekspert-kriminalistning asosiy vazifasi voqea joyidan o‘sha izni topib, to‘g‘ri qadoqlab, to‘g‘ri rasmiylashtirish va ekspertizaga jo‘natish.  Ekspert boshqalarga qaraganda vaqtli identifikatsiya qilsa, shaxsga doir ma’lumotlarni biz tezkor ravishda aniqlaymiz. Inson tomonidan har bir qoldirilgan zarra ekspert-kriminalistning qo‘lida albatta gapiradi” deydi O‘zA muxbiri bilan suhbatda, IIV Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi katta o‘qituvchisi — Ilhom Xaydarov.  

Bundan tashqari, xorijdan kelgan mutaxassislar tomonidan sohaga oid ma’ruzalar tinglandi, ekspert kriminalistika faoliyati yuzasidan viderolik namoyish etildi, soha bo‘yicha o‘quv moddiy-texnika bazasi namoyish etildi.  Tadbir yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishda doimiy hamkorlik qilishga kelishib oldilar.  Konferensiya ertaga, joriy yilning 27 may kuni Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasida ham o‘tkaziladi.  

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, O‘zA