Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir gektardan 60-70 sentnerdan hosil olindi
19:15 / 2020-06-22

Buxoro viloyati Vobkent tumani mirishkorlari 16 ming 728 tonna gʻalla yetishtirishni rejalashtirgan edi.


Buxoro viloyati Vobkent tumani mirishkorlari 16 ming 728 tonna gʻalla yetishtirishni rejalashtirgan edi.

Mavsumni uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar oʻz samarsini berdi. Belgilangan reja ortigʻi bilan bajarildi.

Tumanda ilgʻor fermerlar soni yildan yil ortib bormoqda. “Najim Toshobod”, “Zahro yulduzi”, “Yangikent oltin zamini”, “Sherzod Sohib”, “Muhsin Shahnoza Shahobjon”, “Ahad Baxshullo Neʼmat oʻgʻli” singari fermer xoʻjaliklarida hosildorlik 60-70 sentnerni tashkil etdi.

photo_2020-06-22_19-06-46.jpg

— Bu yil 80 gektar yerda gʻalla ekdik, – deydi tumandagi “Najim Toshobod” fermer xoʻjaligi rahbari Azizbek Mirzoyev. — Har gektar yerdan 70 sentnerdan hosil oldik. Bu avvalo yaxshi daromad. Shuningdek, omborlarning hosildan toʻlgani. Ishchilarning mehnatiga yarasha haq olgani. 

Ayni paytda 120 gektar maydonda gʻoʻza parvarishlayapmiz. Hozir gʻoʻzalarimizning rivoji juda yaxshi. Nasib etsa, paxta sotish rejasini ham ortigʻi bilan bajarib, ishonchni oqlaymiz.

Tumandagi fermer xoʻjaliklarida oʻrim-yigʻim davom etmoqda. Ayni paytda somondan tozalangan dalalar peshma-pesh shudgorlanib, takroriy ekin ekilmoqda.