Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir fuqaro “xavfsiz hayot posbonlari” himoyasida! (+video)
23:22 / 2023-12-25

Joriy yilning 25-dekabr JAR sport sog‘lomlashtirish markazi, Germaniya xalqaro hamkorligi jamiyatining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda “Dialog” nodavlat-notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan “Xavfsiz hayot posbonlari” nomli ko‘rgazmali tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad, ichki ishlar organlari faoliyati va tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan fuqarolarni yaqindan tanishtirish, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular ongida yurt va uni himoya qilish muqaddas burch ekanligi kabi tushunchalarni singdirishdan iborat.  

Ikki kun (25-26 oktyabr) davomida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirning ilk kunida Toshkent shahridagi uyushmagan yoshlar va o‘quvchilar, poytaxt aholisi va mehmonlari, ichki ishlar organlari xodimlari hamda xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari ishtirok etishdi.  

Batafsil videoda  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/13jaPOZ-7YU" title="Har bir fuqaro “xavfsiz hayot posbonlari” himoyasida!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, A. Sodiqov, O‘zA