Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir fuqaro davlatimiz e’tiborida
12:21 / 2023-06-09

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyat nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy, ijtimoiy, kasbiy, jismoniy reabilitatsiya va abilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat muassasasidir.

Markazda Qabul va diagnostika, Nevrologiya, Terapiya, Travmatologiya, Fizioterapiya bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

[gallery-12270]

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 22 yanvardagi “2022–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturi asosida markazda qo‘shimcha 50 o‘rinli davolash binosi qurib ishga tushirildi. Zamon talablari asosida barcha qulayliklarga ega yotoqxonalari barpo etildi. 807 million so‘mlik fizioterapiya va reabilitatsiya uchun anjomlar xarid qilindi. Natijada markaz quvvati 2 barobarga oshirilib, o‘rinlar soni 100 taga yetkazildi.  

 

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA