French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir fikr va taklif e’tiborda
16:25 / 2025-11-05

Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (O‘zMTDP) kengashi fuqarolar bilan uzluksiz muloqotni ta’minlash va har bir fikr va taklifni e’tiborda ushlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Partiya kengashi joriy yilning o‘tgan davrida mahalliy kengash va aholi bilan aloqalarda faol faoliyat ko‘rsatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, partiya kengashi tomonidan 43 ta masala va taklif mahalliy kengash sessiyalariga kiritildi, doimiy komissiyalarga esa 62 ta taklif taqdim etildi. Shuningdek, 55 nafar mansabdor shaxslar uchun eshituvlar tashkil qilindi va deputatlar tomonidan berilgan 174 ta so‘rovning 137 tasi ijobiy hal qilindi.

Deputatlar mahalla aholisi bilan yaqin muloqotni ta’minlash maqsadida 93 marotaba sayyor qabul va uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu tadbirlarda 87 ta mahalla va 2 586 nafar aholi ishtirok etdi. Jami 58 ta murojaat qabul qilingan bo‘lib, ularning 46 tasi ijobiy hal qilindi. Ushbu jarayonda aholining fikr va takliflari doimo kengash e’tiborida ekanligi ta’kidlandi.

Sirdaryo viloyati kengashi raisi Norbobo Soatovning so‘zlariga ko‘ra, partiyaning asosiy vazifasi — aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar uchun samarali imkoniyatlar yaratish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish.

—  Har bir uchrashuv va tadbir ularning hayotiy malaka va faolligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, aholining har bir fikri va taklifi doimo e’tiborda bo‘lib, qarorlar qabul qilishda asosiy yo‘nalish hisoblanadi”, — dedi N. Soatov.

Partiyaning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati doirasida olti oy mobaynida 408 ta turli tadbirlar tashkil etildi va 12 346 nafar fuqarolar ishtirok etdi. Targ‘ibot va tarafdorlar sonini oshirish maqsadida 211 ta uchrashuv va davra suhbatlariga 5 845 nafar fuqarolar jalb qilindi.

Yoshlar masalalari bo‘yicha “Yoshlar qanoti” 121 ta uchrashuv, davra suhbati va seminar o‘tkazdi. Bu tadbirlarda 3 840 nafar yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, “Xizmat-beminnat” loyihasi doirasida sport, musiqa, informatika, til va fanlar bo‘yicha 10 ta o‘quv-to‘garak tashkil etildi va 48 nafar uyushmagan yoshlar qamrab olindi.

Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo‘nalishida 104 ta turli mavzuda davra suhbati, uchrashuv va seminar o‘tkazildi. Bu tadbirlarda 2 240 nafar xotin-qizlar qatnashdi. Shuningdek, “Ayollar qanoti” tomonidan amalga oshirilayotgan “Xizmat-beminnat” loyihasi doirasida vaqtincha ishsiz xotin-qizlarga bepul kasb-hunar o‘rgatish ishlari ham olib borilmoqda. Viloyatda tashkil etilgan 10 ta o‘quv kursida respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari hamda ko‘ngillilar tomonidan tikuvchilik, pazandachilik va sartaroshlik kabi kasb-hunarlar o‘rgatilmoqda. Hozirgi kunda bu kurslarda 107 nafar xotin-qizlar faol ishtirok etishmoqda.

N. Soatov ta’kidlaganidek, kengash oldidagi asosiy vazifalar — mahallalarda yoshlar va xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, kasb-hunar hamda ta’lim yo‘nalishlarini kengaytirish, aholi bilan muloqotni yanada samarali tashkil etishdan iborat. Uning fikricha, fuqarolarning fikr va takliflariga doimo quloq tutish, ularni amaliyotda hisobga olish kengash faoliyatini yanada mazmunli etadi, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlab, odamlar hayotiga yangicha ruh va ishonch bag‘ishlaydi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri