Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Har bir farzandga mehr-e’tibor” mavzuida bolalar forumi o‘tkazildi
20:08 / 2023-06-01

Prezidentimizning Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha ikkinchi Butunjahon konferensiyasining ochilish marosimidagi nutqida “Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz”, deya ta’kidlagan edilar.

“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Chirchiq Davlat pedagogika universitetida talabalar, bog‘cha tarbiyachilari, muallim va professor-o‘qituvchilar hamda ularning 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlari ishtirokida "Har bir farzandga mehr-e’tibor!" mavzusida bolalar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda mutaxassislar ishtirokida yoshlar tarbiyasi, ta’limi masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bolalarning yomon odatlarini bartaraf etishning yechimlari yuzasidan psixologlar maslahati tinglandi. Forum doirasida bolalarning aql-zakovatini rivojlantirishga yordam beruvchi o‘yinchoqlar namoyishi ham o‘tkazildi. 
Ko‘ngilochar madaniy tadbirlar uyushtirildi. Forumning jajji ishtirokchilariga bayram sovg‘alari ulashildi.

O‘zA