Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haqiqat va adolatga putur yetkazuvchi eng xavfli illat
09:44 / 2024-06-20

Jahon jamoatchiligini tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri bu – korrupsiya hisoblanadi. Chunki bu haqiqat va adolatga putur yetkazuvchi eng xavfli illatdir.

Shu sababli, korrupsiyaga qarshi kurashish dunyoning deyarli barcha mamlakatlari uchun dolzarb masala.

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati dunyoda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.  

Unga ko‘ra, Malayziya 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi milliy strategiyani qabul qildi.  

Strategiya 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy rejasining davomi hisoblanadi. Qayd etilishicha, 2023 yil yakuni bo‘yicha rejada tasdiqlangan chora-tadbirlarning atigi 77 foizi bajarilgan.  

Biroq, korrupsiya hamon jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. 2023 yilda Malayziya Islom fanlari universiteti tomonidan o‘tkazilgan milliy so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 41 foizi korrupsiya xavotirli darajada yuqoriligicha qolayotganini, qolganlar korrupsiya darajasi o‘tgan yilga nisbatan yuqori bo‘lganiga ishonishini bildirgan.  

Shu munosabat bilan Strategiyada davlat va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishga, shuningdek, davlat sektorida halollik tamoyillarini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

Saudiya Arabistonida xabar beruvchilarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun amaliyotga joriy etilmoqda. Joriy yil 28 iyundan kuchga kiradigan “Xabar beruvchilar, guvohlar, ekspertlar va jabrlanuvchilarni himoya qilish tizimi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, xabar beruvchi – bu jinoyat sodir etilgani, sodir etilgani yoki sodir etilishi mumkinligiga oid ma’lumotlarni ixtiyoriy ravishda oshkor qiladigan va (yoki) dalillarni taqdim etadigan yoki jinoyatga aloqador shaxslarni ko‘rsatadigan shaxs.  

Agar xabar beruvchiga yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsga xabar beruvchiga javoban javob choralari qo‘llanilishi xavfi mavjud bo‘lsa, manfaatdor shaxs himoya qilish uchun murojaat qilishi mumkin. Shu asosda ushbu shaxs va uning yaqinlari himoyaga olinadi.  

N.Abduraimova, O‘zA