Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hanabad wellness-resort” I xalqaro ekoturizm forumi boshlandi
12:07 / 2022-10-21

Xonobod shahrida “Hanabad wellness-resort” (Xonobod – sog‘lomlashtirish markazi) I xalqaro ekoturizm forumi o‘z ishini boshladi.

Andijon viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, shuningdek, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, O‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan forumning asosiy tadbiri “Xonobod” sihatgohida bo‘lib o‘tmoqda.  

[gallery-9226]

Forum davomida Xonobod shahrining musaffo havosi, go‘zal va xushmanzara tabiati, turizm sohasidagi salohiyati haqida ma’lumotlar beriladi. Umuman, “O‘zbekiston Shveysariyasi” deya e’tirof etilgan Xonobod shahriga sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi. Shu bilan birga, tabiatni asrab-avaylash va ekologiyani muhofaza qilish borasida “Andijon viloyati tajribasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishiladi.  

Forum ishida mamlakatimiz, shuningdek, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Germaniya singari jahonning qator davlatlaridan olimlar, professorlar, turizm sohasi ekspertlari ishtirok etmoqda.  

 

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA