Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamyurtlarimiz “Do‘stlik o‘yinlari”dagi ishtirokini boshlamoqda
14:51 / 2022-07-24

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Tatariston poytaxti Qozonda suv sport turlari bo‘yicha “Do‘stlik o‘yinlari” tizimida bir qator musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 24 iyul kuni suvga sakrash bo‘yicha boshlanayotgan Qozon ochiq chempionati bahslari ham “Do‘stlik o‘yinlari”ning muhim bug‘ini hisoblanadi.

Dunyoning 10 dan ziyod davlat vakillari qatnashayotgan mazkur musobaqada Bobur Hasanov va Anastasiya Xomenkova murabbiyligidagi ikki nafar sportchimiz ham ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Xojiakbar Fuzailov hamda Yegor Mishenev musobaqa dasturidan o‘rin olgan 3 metrli tramplin sinxron usul yo‘nalishida medallar uchun kurash olib borishadi.

Qozon ochiq chempionati 30 iyulga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz “Do‘stlik o‘yinlari” uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. Uning ilk bosqichi “Tinchlik” musobaqalari 2 avgustgacha davom etadi. “Sport” shiori ostidagi ikkinchi bosqich o‘yinlari joriy yilning 9-26 noyabr kunlari birinchi bosqichda saralanganlar ishtirokida tashkil etiladi.

Uchinchi bosqich “Afsona” nomi ostida dekabr oyida o‘tkaziladigan musobaqalarda jahon reytingida eng yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan sportchilar bilan birinchi va ikkinchi bosqichda belgilangan me’yorlarni bajarganlar qatnashadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA