Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamyurtimiz xalqaro turnirning eng yaxshi hakami
11:51 / 2021-12-14

Ukraina poytaxti Kiyev shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan "Vizard pro kyiv-2021" xalqaro turnirida bir necha bor O‘zbekiston nomi yangradi.

Armaniston, Belarus, Gruziya, Turkiya, Polsha, Isroil, Tojikiston, Moldova, Gretsiya va Ukraina davlatlarining 550 nafarga yaqin sportchilari qatnashgan musobaqa bahslarini boshqa hakamlar safida hamyurtimiz Temur Muhammadjonov boshqarib bordi. 

- 3 kunlik musobaqaning 50 ga yaqin saralash hamda 15 dan ortiq final janglarini Temur Muhammadjonov ringda nazorat qilib bordi. Ayni shu boisdan turnir boshlovchisi va tele sharhlovchilar “bahsni o‘zbekistonlik tajribali hakam, WAKO oltin kartasi sohibi Temur Muhammadjonov boshqarmoqda”, deya ta’kidladi. Bu, mamlakatimiz nomi musobaqa jarayonida takror-takror jaranglashiga, ming-minglab tomoshabinlarga, musobaqa ishtirokchilariga eslatib turilishiga olib keldi, - deydi O‘zbekiston "Mega sport" xavaskor va professionallar assotsiatsiya rahbari Davron Qodirov. 

Xalqaro turnir yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida Ukraina vakillari birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, ozarbayjonliklar ikkinchi, belaruslik kikboksingchilar uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi. Ahamiyatli jihati, Xalqaro kikboksing federatsiyasi (WAKO) hamda musobaqa tashkiliy qo‘mitasi tomonidan Temur Muhammadjonov "Vizard pro kyiv-2021" xalqaro turnirining eng yaxshi hakami, deya e’lon qilindi va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. 
 


To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA