Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamyurtimiz “PTF Hall of Fame-2025” mukofoti bilan taqdirlandi
21:45 / 2025-11-12

Filippinning Bagiyo shahrida Professional taekvondo federatsiyasi (PTF) tomonidan tashkil etilgan “PTF Hall of Fame-2025” tadbirida o‘zbekistonlik mutaxassis e’tirof etildi.

Taekvondoning barcha yo‘nalishlari — ITF, WT va GTF, shuningdek, turli mamlakatlardan kelgan mutaxassis va murabbiylar, sport arboblari hamda jahonning 25 dan ortiq mamlakati vakillari ishtirok etgan tadbirda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va turli maktab hamda federatsiyalar o‘rtasida tajriba almashishni keng yoyish masalalari xususida so‘z yuritildi.

Marosimda taekvondoning turli yo‘nalishlari bo‘yicha grand-masterlar, milliy federatsiyalarning mutasaddilari, murabbiylar va sportchilarga do‘stlik, hamjihatlik va sport ruhini mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun sovrinlar topshirildi.

Ular orasida O‘zbekiston taekvondo federatsiyasi(ITF) rahbari G‘ayrat Qosimov “PTF Hall of Fame-2025” mukofoti bilan taqdirlandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA