Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamyurtimiz Osiyo Olimpiya kengashi komissiyasi a’zoligiga nomzod
10:46 / 2023-08-25

Kuni kecha Osiyo Olimpiya kengashi Atletlar komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Nomzodlar orasidan erkin kurash bo‘yicha "Tokio-2020" Olimpiya o‘yinlari sovrindori, hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov ham joy oldi.  

Mahoratli sportchimizning nomzodi Markaziy Osiyo mintaqasidan ilgari surilgan bo‘lib, mintaqadan 3 nafardan erkak va ayol sportchilar nomzodlari ko‘rsatib o‘tilgan.  

Nomzodlarga ovoz berish jarayoni bir oydan keyin Xitoyda boshlanadigan "Xanchjou-2022" Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimidan bir kun keyin boshlanib, uning natijalari musobaqalar yakuni arafasida e’lon qilinadi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA