Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamyurtimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi
15:27 / 2023-06-10

9, 10 va 11 iyun kunlari Samarqandda triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati, Osiyo kubogi va paratriatlon bo‘yicha ilk bor Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.

Kecha paratriatlon bo‘yicha Osiyo chempionati bilan boshlangan mazkur tadbirlar bugun “2023-Asian Triathlon Gup Samarkand” triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari bilan davom etdi.  

Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Xalqaro triatlon federatsiyasi prezidenti Marisol Kasado va mamlakatimiz triatlon federatsiyasi mas’ullari ishtirok etib, sportchilarga muvaffaqiyat tiladi.  

Dastlab ayollar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘tkazildi.  

Unda to‘qqiz davlat vakillari 1500 metrga suzish, 40 kilometr velosiped poygasi va 10 kilometr yugurish bahslarida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.  

[gallery-12287]

Ushbu bellashuvlarda Slovakiya vakilasi Ivana Kuriachkova marra chizig‘ini birinchi bosib o‘tib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rin chililik Makarena Salazar va avstriyalik Tanya Stroshnayderga nasib etdi.  

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda esa qozog‘istonlik Ayan Beisenbayev Osiyo chempioni bo‘ldi. Slovakiyalik Richard Varga ikkinchi, hamyurtimiz Aleksandr Kurishov uchinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, bugun Osiyo kubogi bahslari doirasida Markaziy Osiyo triatlon assotsiatsiyasi birinchiligi ham o‘tkazildi. Unda oltin va bronza medallarni qozog‘istonlik Ayan Beisenbayev va Dariyan Konishbayev qo‘lga kiritgan bo‘lsa, hamyurtimiz Aleksandr Kurishov kumush bilan kifoyalandi.  

Ayollar bellashuvlarida esa sportchilarimiz qo‘li baland keldi va Alina Akimova birinchi o‘rinni egalladi.  

Triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari ertaga o‘tkaziladi.  

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA