Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hamnafas” xalqaro festivali: to‘siqsiz hayot sari
17:41 / 2025-09-18

Respublika bolalar kutubxonasida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun teng shart-sharoit yaratish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda salohiyatini to‘liq namoyon etishiga ko‘maklashish maqsadida “Hamnafas” xalqaro imkoniyatlar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Festival doirasida muayyan mavzular asosida muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, festival dasturidan ma’ruzalar, mahorat darslari, davra suhbatlari, konsert dasturlari va film namoyishlari o‘rin olgan. 

Jumladan, Mirsaid Muxtorov tomonidan Brayl yozuvi bo‘yicha mahorat darsi, Nozima Bahromova ishtirokida tiflosharhlash bo‘yicha ustaxona, “Fokus” kinematografiya va teatr san’ati maktabi bilan hamkorlikda zaif eshituvchilar uchun aktyorlik mashg‘ulotlari hamda kichik yoshdagi bolalarga Orf uslubi asosida mashg‘ulotlar tashkil etiladi. 

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatda faol ishtirok etishlariga ko‘maklashish, ularning imkoniyatlarini to‘siqsiz namoyon etishlariga shart-sharoit yaratish, shu bilan birga, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etishdan iborat.

Festival 21 sentyabrga qadar davom etadi.

Sherbek Islomov, O‘zA