Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamma o‘zga sayyoradan, deb o‘ylagan koinot jismi kometa ekan
12:49 / 2025-09-08

Yulduzlararo “3I/ATLAS” ob’ektining yangi fotosurati bu jism kometa ekanligini isbotladi, deb yozdi Buyuk Britaniyaning “Daily Mail” nashri.

- Ushbu yangi tasvirlar “3I/ATLAS” kometaligini aniq ko‘rsatib turibdi, - dedi astronom Mark Norris jurnalistlarga. - Chilidagi Jemini observatoriyasi olimlari tomonidan taqdim etilgan suratlarda kometaga xos chang va gaz buluti bilan o‘ralgan muzli yadro aks etgan.

“3I/ATLAS” 1 iyul kuni ko‘ringan. Kompyuter ob’ektning taxminiy yoshini  yetti yarim milliard yildan ziyod, deb ko‘rsatdi. Bu Quyoshdan uch milliard yil katta, degani.

S.Rahimov, O‘zA