Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlikning yangi qirralari belgilandi
14:28 / 2022-10-11

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Maldiv Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda oila, onalik va bolalikni himoyalash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi. 
 
Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarga e’tibor misli ko‘rilmagan darajaga chiqdi. Xonadonbay, mahallabay tarzda muammolarni o‘rganish natijasida xotin-qizlarni o‘ylantirayotgan masalalarga e’tibor yanada kuchaydi. 

Gender tenglikni ta’minlash, ayollar, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi-yangi tashabbuslar ilgari surilmoqda. Qizlarning oliy ta’lim olishi uchun zarur barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. 
 
Xorijlik yuqori martabali mehmonlarda O‘zbekistonda ayol-qizlarga ehtirom ko‘rsatish borasidagi ibratli ishlar katta taassurot qoldirdi. 
 
Uchrashuv davomida xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar xususida ham so‘z yuritildi. O‘zaro hamkorlikning yangi qirralari belgilab olindi. 


 
N.Usmonova, O‘zA