Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi
22:19 / 2021-11-29

O‘zbekiston Milliy universitetda Tomsk Davlat universiteti va Sibir-Yevroosiyo ekspert klubi bilan hamkorlikda “Rus tili Rossiya-O‘zbekiston muloqotning rivojlanish omili sifatida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tomsk Davlat universiteti hamda respublikamizning bir nechta nufuzli universitetlardan soha mutaxassislari, filolog olimlar ishtirok etdilar.  

– Ushbu davra suhbatida O‘zbekistonda rus tilini o‘zlashtirish, o‘qitish holati, o‘quvchilar bu tilni oson va qulay o‘zlashtirishlari uchun zamonaviy multimediya darsliklarini ishlab chiqarish kabi masalalar yuzasida fikr almashildi, – deydi O‘zMU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova. –Tilni samarali o‘zlashtirishda erkin muloqot tarzini yaratishga imkon beradigan loyihalarni ishlab chiqish masalalari ham muhokama qilindi.  

Davra suhbatida bir qator xalqaro universitet olimlari va mamlakatimizda bu soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan o‘qituvchi-professorlar rus tilini chet tili sifatida o‘rganish, zamonaviy metodlari, O‘zbekiston Milliy universiteti va Tomsk Davlat universiteti o‘rtasida hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari to‘g‘risida fikr almashishdi.  

Shuningdek, ishtirokchi mutaxassislar tomonidan respublikamizda rus tilini o‘qitish holati, pedagoglarning kasbiy malakasi, yangi innovatsion metodlar, milliy darsliklar va multimedia mahsulotlar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA