Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishildi
13:00 / 2025-10-24

Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining turli ta’lim va iqtisodiy sohalar vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Jizzax viloyatida bo‘lib turibdi.

Xorijlik mehmonlarning bir guruhi – Nankin Turizm instituti va Sujou universiteti professori Xiao Fei boshchiligida Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lishib, uning rahbariyati bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar davomida ta’lim va ilm-fan sohasida qator istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha muloqotlar qilishdi.

Jumladan, universitet huzurida Xitoy tili va madaniyati markazini tashkil etish, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xitoylik talabalar uchun rus va o‘zbek tillarini o‘qitish kurslari hamda tibbiyot fakulteti qoshida klinika ochish kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Mehmonlar mazkur takliflarni qiziqish bilan qabul qilib, kelgusida aniq rejalar asosida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishdilar. 

Ushbu tashrif ikki mamlakat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash hamda xalqaro ilmiy-ta’lim maydonida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi shubhasiz.

Abdujalol Qayumov, O‘zA