Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
11:24 / 2024-02-23

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Saudiya Arabistonining Vision Invest va ACWA Power kompaniyalari boshqaruv kengashi raisi, "O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni" ishbilarmonlar kengashi hamraisi Muhammad Abdulloh Abunayyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Dastlab, mehmonlarga raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, IT-Parkda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari  Uzinfocom faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

O‘z navbatida Muhammad Abunayyan Vision Invest kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

Muzokaralar davomida Vision Invest va Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish, IT autsorsing xizmatlari amalga oshirilishi bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi.    

N.Rahmonova, O‘zA muxbiri