Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorliklar rivojlanmoqda
14:22 / 2025-12-23

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov AQSH va Kanadadagi Buxoro yahudiylari kongressi koordinatori Rafayel Nektalovni qabul qildi.

Muloqot davomida Buxoroning boy tarixi, madaniyati, investitsiyaviy va turizm salohiyati hamda ko‘p millatli xalqimizning millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik an’analari yuksak qadrlanishi haqida so‘z yuritildi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda 2026 yil fevral oyida Buxoro davlat universitetida AQSH va Kandadagi Yahudiylar kongressi rahbariyati, xorijiy olimlar, investorlar, ekspertlar, turizm va madaniyat yo‘nalishidagi taniqli shaxslar ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish, Kogon shahridagi Yahudiylar tarixiy sinagogasi binosida “Yahudiylar tarixi va bag‘rikenglik” muzeyni tashkil qilish, Buxoroning investitsiyaviy va turizm salohiyati haqida Amerikada keng targ‘ibot ishlarini uyushtirishda o‘zaro hamkorlik ko‘rsatish borasida fikrlar bildirildi. 

Shuningdek, Nyu-York va Buxoro shaharlarida Buxoro shashmaqomiga bag‘ishlangan madaniy tadbirlarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish, Buxoroda Yahudiylar ziyorat turizmi namoyish ob’ektlarini tashkil qilish imkoniyatlarini ishga solish, Buxoro shahri bilan Amerikaning Jorjiya shtati Atlanta shahri va Missuri shtati Sent-Luis shahri o‘rtasida birodarlik munosabatlarini shakllantirish bo‘yicha o‘rganishlar va muzokaralar olib borishga kelishildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.